» » FIFA Pokistonni xalqaro maydondan chetda qoldirgandi. Navbat mundial yo‘llanmasiga ega Misrgami?

FIFA Pokistonni xalqaro maydondan chetda qoldirgandi. Navbat mundial yo‘llanmasiga ega Misrgami?


Xalqaro futbol uyushmasi FIFA Misr Futbol Federatsiyasiga ogohlantirish xatini yubordi. Bu haqda Footynions nashrining Twitter’dagi sahifasi ma’umot berdi.

FIFA Misr hukumati mamlakat futbol federatsiyasiga bosim o‘tkazayotganini payqagan. Agar hukumat bu ishidan tiyilmasa, Misr futboli xalqaro maydondan chetda qoladi. Yaqindagina futboldagi eng yirik tashkilot Pokiston Futbol Federatsiyasini shu sabab bilan xalqaro musobaqalardan chiqarib tashlagandi.

Qayd etish kerak, Misr 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi. Misrliklar so‘nggi bor 1990-yilda har to‘rt yillikning eng yirik futbol turnirida ishtirok etgan bo‘lib, navbatdagisini 28 yil kutishga majbur bo‘ldi. Saralash o‘yinlarida tug‘ilgan 1992-yilidan buyon jamoasini Jahon Chempionatida ko‘rmagan Muhammad Saloh qahramonlik ko‘rsatib, Misrga mundial chiptasini olib bergandi.

Misr hukumati federatsiya ishiga aynan qaysi jabhalarda ta’sir ko‘rsatayotgani aytilmagan. Avvalroq mamlakat prezidenti Abdul-Fattoh Halil As-Sisi termaning har bir futbolchisiga 83 ming dollardan mukofot tayin qilgani aytilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 14:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют