» » Buxoroda shahar kuni festivali o‘tkazildi (foto)

Buxoroda shahar kuni festivali o‘tkazildi (foto)


22-oktabr kuni Buxoro shahrida “Buxoro shahri kuni” festivali o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etdi. Hokim boshchiligida shahar madaniy markazidagi “Boqiy Buxoro” monumentiga gul qo‘yildi.

“Buxoro shahri kuni” festivali har yili oktabr oyining uchinchi yakshanbasi o‘tkazilishi belgilab olindi. Bu yilgi festival doirasida 14 ta ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Festivalni tashkil qilishdan asosiy maqsad Buxoro shahrini yanada obod va ko‘rkam etish, uni dunyoga yana bir karra ko‘z-ko‘z qilish, o‘zbek xalqining boy milliy-madaniy merosi, an’ana va qadriyatlariga yana bir marotaba ehtirom ko‘rsatishdan iboratdir.

Mazkur festival xorijiy mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют