» » Luvr muzeyi qirol Fransisk I ning duolar kitobini sotib olish uchun pul yig‘moqda

Luvr muzeyi qirol Fransisk I ning duolar kitobini sotib olish uchun pul yig‘moqda


Fransiyadagi Luvr muzeyi ma’muriyati san’atsevar fuqarolarga murojaat qilib, qirol Fransisk I ning duolar kitobini sotib olish uchun pul xayriya qilishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Auksiondagi narxi 10 million yevroni tashkil etadigan kitob xaridi uchun bir million yevrodan kam bo‘lmagan pul yig‘ish zarur. Mazkur summaning yarmini hashamatli buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi LVMH kompaniyasi beradi.

Luvr muzeyi esa 5,2 million miqdoridagi yillik daromadi evaziga san’at asarini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Luvrning pul yig‘ish bo‘yicha kampaniyasi 24-oktabrda boshlandi va kelasi yilning 15-fevralida yakunlanadi.

Bu turdagi aksiya muzey tomonidan qimmatbaho san’at asarlarini sotib olish uchun sakkizinchi marta o‘tkazilmoqda.

Muzey direktori Jan-Lyuk Martinez qirol Fransisk I ning duolar kitobi Luvrning qimmatbaho ekspozitsiyalari qatoridan o‘rin egallashiga umid qilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют