» » O‘zbekistonda yangi Chandler navli yong‘oq ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda yangi Chandler navli yong‘oq ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yildi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3025-sonli qarori ijrosi doirasida “Mevali Plants” kompaniyasi “Chandler Yong‘oq Bog‘lari” tijorat brendini tashkil etdi hamda Chandler navli yong‘oq ko‘chatlarini O‘zbekiston hududida yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu sohada Markaziy Osiyoning ilk loyihalaridan biri hisoblangan kompaniya mahalliy bog‘dorchilik shirkatlariga zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan yong‘oq, bodom, gilos, shaftoli, olxo‘ri, o‘rik, nok, behi va anor kabi turli xil mevali ko‘chatlarni yetkazib beradi.

Hozirda kompaniya plantatsiyalarida yetishtirilayotgan ko‘chatlarning qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinishi borasida ham faol ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, bog‘dorchilik shirkatlarining yong‘oqchilik sohasidagi bilimini oshirish maqsadida shu yilning 5—10-avgust kunlari Turkiyaga agrotur tashkil etdi. Mazkur agrotur davomida bir guruh o‘zbekistonlik tadbirkorlar Turkiyada yetishtirilgan sakkiz, uch va ikki yoshdagi yong‘oq bog‘lari hamda ko‘chatzorlari bilan yaqindan tanishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют