» » OAV: Apple iPhone X ishlab chiqarishni ikki barobar qisqartirishga majbur

OAV: Apple iPhone X ishlab chiqarishni ikki barobar qisqartirishga majbur


Apple kompaniyasi 2017-yilda atiga 20 million dona iPhone X chiqaradi — bu rejadagidan 2 barobar kam demakdir. Bu haqda Nikkei’ga tayanib, Insider Pro xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmining qisqartirilishi yuzni aniqlovchi Face ID tizimining tarkibiy qismlari bilan sodir bo‘lgan muammo sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Apple muammoli qismlarni almashtirish uchun boshqa yetkazib beruvchilar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Bundan tashqari kompaniyada displeyning orginal svetodiodlari asosida (OLED) qiyinchiliklar paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda ekran ishlab chiqaruvchilar Apple uchun oyiga faqatgina 10 million OLED-panellarini yetkazib bera oladi.

2015-yilda kompaniya iPhone 6S va 6S Plus chiqarilganining dastlabki dam olish kunlarida 13 million dona sotgan.

Men ozgina kutishni va vaziyatni kuzatishni ma’qul ko‘rgan bo‘lardim. Mening iPhone 8’im o‘zimni qoniqtiradi. U iPhone 7 va iPhone 6’ga o‘xshaydi. Ayrim sabablarga ko‘ra, iPhone X men birinchi kundayoq sotib olmaydigan “ayfon”ga aylanadi. Biroq turmush o‘rtog‘im “yangilanadi”. Shunday ekan menda unga bevosita baho berish imkoniyati bo‘ladi.

Stiv Voznyak, Apple asoschilaridan biri

Zerohedge nashrida ta‘kidlanishicha, iPhone 8 va iPhone 8 Plus’ga bo‘lgan talab yuqori emas — ushbu modellar uchinchi chorakda AQShda sotilgan umumiy “ayfon”larning atiga 16 foizini tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun: 2016-yilda sotuvga chiqqan iPhone 7 hamda iPhоne 7 Plus’da bu ko‘rsatkichlar 43 foizga teng bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют