» » O‘zbekiston 2017-yilda Uralga meva yetkazib berishni uch barobarga oshirdi

O‘zbekiston 2017-yilda Uralga meva yetkazib berishni uch barobarga oshirdi


O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari 2017-yilda Sverdlovsk viloyatiga 2016-yildagiga nisbatan mevalar yetkazib berish hajmini uch barobarga oshirdi, deb xabar berdi “TASS”.

“Joriy yilda O‘zbekistondan kelgan mevalar hajmi 30 foizga o‘sdi. Ularga danakli mevalar, uzum, olma, yong‘oq va quruq mevalar kiradi. So‘nggi olti oy ichida bizga Tailanddan oldinlari rasman olib kelinmagan yangi noodatiy mevalar kirib kelmoqda. Masalan, guava, pitayya, longan, jekfrut, rambutan”, — deydi “Rosselxoznadzor” viloyat boshqarmasi rahbarining o‘zinbosari Svetlana Terexova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan kuzatuv amaliyotlari vaqtida Rossiyaga olib kirilishi taqiqlangan 36 tonna o‘simlik mahsulotlari aniqlangan. Ularning 26,5 tonnasi — olma. Shuningdek, bu davr mobaynida 60 tonnadan ortiq sanksiyaga uchragan mahsulotlar yo‘q qilingan, bu 2016-yilga nisbatan 10 foizga ko‘p demakdir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют