» » Britaniyalik sayyoh stulga bog‘langan 100 ta geliyli shar yordamida parvoz qildi (foto+video)

Britaniyalik sayyoh stulga bog‘langan 100 ta geliyli shar yordamida parvoz qildi (foto+video)


Britaniyalik sayyoh hamda The Adventurists loyihasining muallifi Tom Morgan 25 kilometr masofani yig‘ma stulga bog‘langan 100 ta geliyli shar yordamida bosib o‘tdi. Janubiy Afrika bo‘ylab parvoz vaqtida u 2,4 kilometr balandlikka ko‘tarildi, deb xabar berdi TJournal.

Shar yordamida sayohat qilish bir necha oy davomida rejalashtirilgan. Avvaliga Morgan Botsvana ustidan uchib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq sinov omdasiz yakunlangan — ob-havo sababli sharlar yorilib ketgan. Loyiha jamoasida bittagina imkoniyatni amalga oshirishga yetarli geliy qolgan, shu sababli ular Yoxannesburgni tanlashgan.

Barcha sharlarni shishirishga ikki kun ketgan. 23-oktabr kuni Morgan havoga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan. “Hayrat va qo‘rquvning o‘rtasidani narsani his qildim”, — deydi Morgan parvozdan so‘ng. Parvoz yakunida u yerga qo‘nish uchun sharlarni bittalab qirqa boshlagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют