» » AQShda murdalar sotiladigan bozor faoliyat yuritadi

AQShda murdalar sotiladigan bozor faoliyat yuritadi


AQShda vafot etgan kishilar va ularning tana a’zolari sotiladigan yarim qonuniy bozor faoliyat yuritadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi biznes nochor amerikaliklarning o‘z dafn marosimi xarajatlarini tejash ehtiyojidan yuzaga kelgan.

Axborot agentligi bozor faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yarim qonuniy sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar, odatda marhumning tana qismlarini bepul krematsiya qilish yuzasidan shartnoma imzolaydi.

Bu xizmatning evaziga esa ular marhumning qolgan a’zolariga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Mazkur tizim Shimoliy Amerikaning aksariyat shtatlarida ommalashgan. Bu xizmatdan asosan dafn marosimini o‘tkazishga qurbi yetmagan nochor va kam ta’minlangan oilalar foydalanadi.

Mazkur biznes serdaromad tadbirkorlik turlaridan biri hisoblanadi. Xabarda qayd etilishicha, bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan biri uch yil ichida 1,25 million dollar daromad topgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют