» » Albaniyada boyligini ko‘z-ko‘z qilgan yoshlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining nafratiga sabab bo‘ldi (foto)

Albaniyada boyligini ko‘z-ko‘z qilgan yoshlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining nafratiga sabab bo‘ldi (foto)


Instagram’da albaniyalik badavlat yoshlar hayotini aks ettiruvchi Rich Kids Of Tirana akkaunti internet foydalanuvchilarining e’tiboriga tushdi.

Mazkur akkauntda Albaniya poytaxti Tiranada yashovchi yoshlarning qimmatbaho avtomobillar, hashamatli uylar, dasta-dasta pullar va dabdabali aksessuarlar fonida tushgan suratlari e’lon qilib boriladi.

Suratlardan Yevropadagi eng qashshoq mamlakatlaridan birining poytaxtidagi badavlat yoshlar dabdabali hayoti ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishiga umuman qarshi emasligi ma’lum bo‘ladi.

#richkidsofinstagram #richkidsoftirana #richkidsoflondon #richkidsofprishtina #richlife #rich #money #love #dogs #famouse #vip #cars #luxury #life #tirana #Albania

A post shared by Rich Kids Of Tirana (@richkidstirana) on

Badavlat yoshlar aksar hollarda poytaxtning iflos ko‘chalari, nosoz yo‘llari va nuragan devorlari yonida qimmatbaho avtomobilini ko‘z-ko‘z qilib suratga tushgan.

???

A post shared by Rich Kids Of Tirana (@richkidstirana) on

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining nafratiga sabab bo‘ldi. Ular qashshoq jamiyat fonida ota-onasining puli va boyligi bilan maqtanayotgan yoshlarni keskin qoraladi.

Mirmengjes nga Milano. @_elfat__1 ??

A post shared by Rich Kids Of Tirana (@richkidstirana) on

“Badavlat ota-onasining aqlsiz bolalari. Agar menda shuncha pul bo‘lganida ularni butun Tirana aholisi bilan bo‘lishardim”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют