» » Tailandda bir yil muqaddam vafot etgan qirolni dafn etish marosimi boshlandi

Tailandda bir yil muqaddam vafot etgan qirolni dafn etish marosimi boshlandi


Tailandda 2016-yil 13-oktabrida vafot etgan qirol Pxumipon Adulyadet bilan xayrlashuv marosimi boshlandi. Marosim besh kun davom etadi, deb xabar beradi Meduza.

Birinchi kuni Katta qirollik saroyining taxt turadigan zalida buddaviy rohiblar maxsus marosim o‘tkazdi. Unda qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.

An’anaga ko‘ra, qirolning tanasi maxsus dafn qutisiga vertikal holatda joylashtirilar edi. Ammo G‘arbda tahsil ko‘rgan Pxumipon Adulyadet vasiyatida tobutdan foydalanish niyatini bildirgan edi. Tobut oldida an’anaga ko‘ra dafn idishi ham o‘rnatildi.

26-oktabr kuni tobut ichidagi tana maxsus aravada Sanam Luang maydoniga yetkaziladi, u yerda krematsiya uchun ko‘p sathli tilla suvi yugurtirilgan konstruksiya tayyorlangan.

O‘sha yerda qirol tanasi yoqib yuboriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют