» » O‘zbekiston va Turkiya iste’molchilar tashkilotlari hamkorlik memorandumini imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya iste’molchilar tashkilotlari hamkorlik memorandumini imzoladi


O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Turkiya Iste’molchilar huquqlari assotsiatsiyasi taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Turkiya Iste’molchilar huquqlari assotsiatsiyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi, o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda Turkiya Iste’molchilar huquqlari assotsiatsiyasi rahbari T. Chakar assotsiatsiya faoliyati haqida so‘zlab berdi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, 2014-yilda qabul qilingan “Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida”gi qonun davlat idoralari bilan nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni tartibga soluvchi huquqiy baza bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Muzokara yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur hujjatda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, tajriba almashish maqsadida ekspertlar va delegatsiyalar almashish, qo‘shma ishchi guruhi, muvofiqlashtirish va maslahat kengashlari tuzish, simpozium va seminarlar o‘tkazish va boshqa masalalar ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Turkiya Iste’molchilar huquqlari assotsiatsiyasining Anqara va Istanbul shaharlaridagi bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют