» » Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishidagi kamchiliklar uchun mansabdor shaxslarga hayfsan e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishidagi kamchiliklar uchun mansabdor shaxslarga hayfsan e’lon qildi


Ko‘p qavatli uylarni qurishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar aniqlandi, deb xabar beradi “Pravda vostoka” nashri.

O‘tkazilgan monitoring natijasida uch asosiy nuqson: shahar rejalashtirish norma va qoidalarining buzilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilganligi va loyihadan chetga chiqish aniqlangan.

Bundan tashqari, Nukus, Andijon, Buxoro, Termiz, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod hududlaridagi qurilishlarda sirtqi injenerlik va kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma va obodonlashtirish ishlari paysalga solingan. 41 ta ko‘p qavatli uylarda, shu jumladan, Toshkent (24), Nukus (7), Buxoro (6) va Urganch (4) hududlarida jadvaldan ortda qolish holatlari kuzatilgan.

O‘zbekiston Prezidenti ushbu vaziyat uchun qator mansabdor shaxslarga nisbatan hayfsan e’lon qildi. Prezident Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov va Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovga ko‘p qavatli uylarni qurish dasturiga yetarlicha nazoratni ta’minlamaganligi sabab jadvaldan chiqish holatlari kuzatilgani va vaziyatni to‘g‘rilash yuzasidan topshiriqlar berdi.

“O‘zshahar qurilish invest” direktori Narzullayevga yuqoridagi holatlar sabab hayfsan e’lon qilindi. Shuningdek, loyiha hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shahar rejalashtirish qoidalariga amal qilinmagani va sifatsiz qurilish-montaj ishlari uchun Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbari, bosh loyiha institutlari boshliqlari ham ogohlantirildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют