» » Foto: Namanganda sotuvchilari paxtaga chiqmagan do‘kon muhrlandi

Foto: Namanganda sotuvchilari paxtaga chiqmagan do‘kon muhrlandi


Namangan shahar Sardoba bozoridagi do‘konlardan birida olingan surat Facebook’da muhokamalarga sabab bo‘ldi. Suratda bozor hududidagi 177-do‘kon uning sotuvchilari paxta yig‘im-terimiga chiqmagani uchun muhrlab qo‘yilgani aks etgan.

“‘Sardoba bozori’ mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidagi 177-sonli do‘kon sotuvchilari paxta yig‘im-terimida ishtirok etmaganligi sababli, 2017-yilning 23-oktabr kuni muhrlandi”, — deyiladi do‘kon eshigiga yopishtirilgan muhrli hujjatda.

Unga bozor rahbari Abdug‘afforvning imzosi qo‘yilgan bo‘lib, do‘kon Abdug‘afforovning ruxsatisiz ochilishi mumkin emasligi ta’kidlangan. Do‘kon necha kunga muhrlangani ko‘rsatilmagan, deb yozadi “Kun.uz”.

Ma’lumot uchun, paxta yig‘im-terimi mavsumi arafasida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 2017-yilda shifokorlar va o‘qituvchilar terimga chiqmasligini aytgan edi.

Qayd etish joiz, tadbirkorlar va sotuvchilarning terimga chiqish-chiqmasligi haqida biror gap aytilmagan edi. Ular aynan qaysi qonuniy talab asosida paxta terimiga chiqishi kerakligiga viloyat hokimligi aniqlik kiritmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют