» » Amazon jo‘natmalarni uyda hech kim bo‘lmagan vaqtda ham yetkazib beruvchi xizmatni taqdim etdi (video)

Amazon jo‘natmalarni uyda hech kim bo‘lmagan vaqtda ham yetkazib beruvchi xizmatni taqdim etdi (video)


Amazon Key mahsulotlarni uyga yetkazib beruvchi yangi xizmat bo‘lib, kuryerni masofadan turib uyga kiritishga imkon beradi. Mijoz maxsus mobil dasturni smartfonga yuklab olishi, “aqlli” qulf va Cloud Cam kamerasini sotib olishi kerak, deb yozmoqda TJournal.

Smartfonga o‘rnatiladigan dastur Amazon Home Services xizmatiga ulangan bo‘lib, u orqali ovqat yoki uyni tozalashni buyurtma qilish mumkin. Mijoz eshikni ochish parolini ko‘rsatadi va uyda bo‘lmagan vaqtda jarayonni smartfon orqali kuzatib turadi. Kuryer yoki uyni tozalovchi parolni kiritib, mijozdan tasdiq olgach, uyga kiradi.

Amazon tomonidan ta’kidlanishicha, Key jo‘natmalarni ostonada yoki pochta qutisida qoldirilishini xohlamaydigan mijozlarga asqotadi. Shorr Packaging kompaniyasining so‘rovi natijalariga ko‘ra, holatlarning 31 foizida mijozlar yetkazilgan mahsulotlarning o‘g‘irlab ketilganiga duch keladi.

Amazon Key 8-noyabrda AQShning 37 ta shahrida ishlay boshlaydi. Qurilmaning to‘liq jamlanmasi 320 dollar, uyni kuzatishga imkon beruvchi Cloud Cam kamerasi esa 120 dollar turadi.

Mavzuga doir: Walmart xaridlarni foydalanuvchining sovutgichiga yetkazib berish xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda (video)

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют