» » Yupp Xaynkes va “Bavariya” birinchi jiddiy sinovida 120 daqiqa o‘ynab, raqibini yenga olmadi

Yupp Xaynkes va “Bavariya” birinchi jiddiy sinovida 120 daqiqa o‘ynab, raqibini yenga olmadi


Myunxenning “Bavariya” klubi Karlo Anchelottini iste’foga chiqarib, Yupp Xaynkesni qayta olib kelganidan so‘ng Bundesligada 2 ta va Chempionlar Ligasida 1 ta uchrashuvda zafar quchgan, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.

Amaldagi chempion birinchi jiddiy sinovini o‘tgan mavsum vitse-chempioni bo‘lgan “Leyptsig” maydonida o‘tkazdi. Germaniya Kubogi doirasidagi bellashuv g‘olibi 120 daqiqa davomida aniqlanmadi. Bosh hakam 53-daqiqaga kelib mezbon futbolchini maydondan chetlatdi. Bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan “Leyptsig” 68-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Biroq uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashga jamoa irodasi yetmadi va o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi.

Shunga qaramay, Germaniyaning eng kuchli klubi raqibi darvozasiga 120-daqiqaga qadar qayta yo‘l topa olmadi. Navbat penaltilar seriyasiga kelganidagina Xaynkes jamoasi zafar quchdi. “Bavariya” safidan Robert Levandovski, David Alaba, Mats Xummels, Sebastyan Rudi, Aryen Robben kabi futbolchilar aniq zarba berdi. Mezbonlarning beshinchi zarbasida esa Timo Verner adashdi. Shu tariqa “Leyptsig” alamli tarzda kubokdan chetda qoldi.

Bir yil avval Kubok finaliga Frankfurtning “Ayntraxt” klubi bilan yetib kelgan Dortmund “Borussiya”si 2:1 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqqandi. O‘shanda Tomas Tuxel jamoasi yarim finalda “Bavariya”ni yengishga muvaffaq bo‘lgadi — 3:2.

Joriy mavsumni Peter Bosh boshqaruvida o‘tkazayotgan “Borussiya” 24-oktabr kuni raqibi ustidan 5:0 hisobida zafar quchib, “Bavariya” kabi navbatdagi bosqichga yo‘l olgandi.

Germaniya Kubogi
1/16 final
24-oktabr, seshanba

Gollar: Gonsalo Kastro, 42 (0:1). Aleksandr Isak, 47 (0:2). Andrey Yarmolenko, 73-pen (0:3). Mark Bartra, 79 (0:4). Shinji Kagava, 90 (0:5).

25-oktabr, chorshanba

Gollar: Emil Forsberg, 68-pen (1:0). Tyago Alkantara, 73 (1:1).
Chetlatish: Nabi Keyta, 53 (L).

Gol: Isak Belfodil, 30 (1:0).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют