» » O‘zbekistonda Xiaomi Mi6 smartfoni 3,6 mln so‘mdan sotila boshladi

O‘zbekistonda Xiaomi Mi6 smartfoni 3,6 mln so‘mdan sotila boshladi


O‘zbekistonda Xitoyning Xiaomi kompaniyasining eng baquvvat flagman qurilmasi — Mi6 sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Boy ichki xususiyatlaridan tashqari, smartfon keramik korpusi va qo‘sh kamerasi bilan maqtana oladi.

Smartfon sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6 Gb tezkor xotira, 5,15 dyuymli va 1920?1080 pikselli Ful HD ekran, har biri 12 megapikselli qo‘sh kamera, 8 megapikselli old kamera, stereodinamiklar, 3350 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U ikkita sim-karta va 4G LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma MIUI 8 qobiqli Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

O‘zbekiston bozorida Mi 6 ning 64 Gb doimiy xotirali versiyasi 3 586 000, 128 Gb versiyasi esa — 3 667 500 so‘mdan sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют