» » Tramp AQShda narkotiklar bilan bog‘liq vaziyat tufayli favqulodda holat e’lon qilishini bildirdi

Tramp AQShda narkotiklar bilan bog‘liq vaziyat tufayli favqulodda holat e’lon qilishini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp narkotiklar, jumladan, opiatlar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Kelgusi haftada narkotiklar tufayli favqulodda holat e’lon qilish niyatidaman. Xususan, opium bilan bog‘liq vaziyat o‘ta tashvishli”, — dedi AQSh prezidenti Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, Meksika bilan chegarada, jumladan, AQShda narkotiklar tarqalishi muammosini hal etish uchun ham devor tiklash lozim.

AQShda sun’iy opiatlardan foydalanish oxirgi 25 yil mobaynida uch barobar ko‘paydi va hozirda yiliga 200 milliondan ortiq retseptni tashkil etmoqda. Barcha opiatlar, jumladan, geroin tufayli o‘lim holatlari 100 ming aholiga 10 kishidan oshdi. Tibbiy preparatlarning me’yordan ziyod qabulidan geroin qabul qilgandan ko‘ra ko‘proq odam o‘lmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют