» » Toshkentda o’zbek tili va milliy kinoning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkentda o’zbek tili va milliy kinoning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi


“O‘zbekkino” milliy agentligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anjumanda soha vakillari, ssenaristlar, yozuvchi-adiblar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar, kinorejissyorlar, kino tanqidchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Anjumanni agentlik bosh direktori Furqat Zokirov kirish so‘zi bilan ochdi. U yig‘ilganlarni tashrif bilan qutlab, bugungi kunda milliy kinematografiyaning mavjud yutuq va kamchiliklari, xususan til bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Keyingi vaqtlarda “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida sohada ilgari siljishlar, qator yangi loyihalar ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, kinotanqidchilarning fikricha, shu kunlarda premyerasi bo‘lib o‘tgan “Abu Ali Ibn Sino” badiiy-publitsistik hujjatli va “Rishta” badiiy filmlari tomoshabinni o‘ylashga, tafakkur qilishga undaydi, unga ma’naviy ozuqa beradi.

Anjumanga yig‘ilganlar sohaga oid yana boshqa qator masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir yakunida kino san’atiga oid shu kabi anjumanlarni tez-tez tashkil etishga, mavjud kamchiliklarni o‘zaro bahs-munozara orqali bartaraf etishga kelishib olindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют