» » Yaponiya AQShga Hindiston va Avstraliya ishtirokida to‘rt tomonlama strategik muloqotni taklif etadi

Yaponiya AQShga Hindiston va Avstraliya ishtirokida to‘rt tomonlama strategik muloqotni taklif etadi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga tashrifi davomida unga Hindiston va Avstraliya ishtirokida oliy darajadagi to‘rt tomonlama strategik muloqotni taklif etadi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Yaponiya katta strategik harakatlarga aloqador bo‘lish uchun  diplomatik urinishlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan davrda yashayapmiz. Bu okeanda erkinlik va oshkoralikni ta’minlash uchun kerak. Albatta, iqtisodiyot va xavfsizlik masalalari ham chetda qolmaydi”, — izoh berdi vazir.

Nikkei nashriga ko‘ra, bunday qadam, jumladan, “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasida mintaqa va undan tashqarida faolligini oshirayotgan Xitoyga qarshi turish uchun zarur.

Taro Kono bu taklifni avgust oyida Maniladagi uchrashuv davomida amerikalik va avstraliyalik hamkasblari bilan muhokama qilganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Tramp 5—7-noyabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi. KXDR bilan bog‘liq vaziyat kun tartibidagi asosiy masala bo‘lishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют