» » “Turk havo yo‘llari” 16-martdan “Istanbul—Samarqand” yo‘nalishida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

“Turk havo yo‘llari” 16-martdan “Istanbul—Samarqand” yo‘nalishida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi


“Turk havo yo‘llari” aviakompaniyasi 2018-yil 16-martdan boshlab Istanbuldan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 25-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birga tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Sizlar uchun yana bir xushxabar bor. ‘Turk havo yo‘llari’ 16-martdan boshlab Istanbuldan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu ikki birodar mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘taradi”, — dedi Erdo‘g‘on.

Ma’lumot uchun, 30-oktabrdan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Samarqand—Istanbul” yo‘nalishi bo‘ylab muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. 16-noyabrgacha qatnovlar faqat dushanba kuni, mazkur sanadan boshlab esa dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Anqarada ikki aviakompaniya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют