» » Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga taklif qildi (video)

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga taklif qildi (video)


Turkiyada davlat tashifi bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Anqarada o‘tgan matbuot anjumanida Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga taklif qildi.

Qadrli do‘stim, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on janobi oliylariga samimiy mehmondo‘stlik va izzat-ikrom uchun yana bir bor chuqur tashakkurimni bildiraman.

O‘z navbatida, Turkiyaning muhtaram prezidentini o‘zi uchun qulay fursatda O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirishga taklif qilaman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi 25-oktabr kuni boshlangan edi. Bu O‘zbekiston davlat rahbarining so‘nggi 20 yilda Turkiyaga amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ldi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyevni Anqaradagi Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimidan reportaj (foto va video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga so‘nggi bor 2016-yil noyabrida tashrif buyurgan edi. Prezidentlar keyinchalik Pekin va Ostonada uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan edi.

Mavzuga doir: Erdo‘g‘on Mirziyoyev haqida: Hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dinini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют