» » Bloomberg: Apple so‘kinishlarsiz, shafqatsizlik va yalang‘och insonlarsiz shou suratga oladi

Bloomberg: Apple so‘kinishlarsiz, shafqatsizlik va yalang‘och insonlarsiz shou suratga oladi


Apple kompaniyasi o‘zining shaxsiy shousini suratga olishni rejalashtirmoqda, biroq shouda so‘kinishlar, shafqatsizlik va yalang‘och insonlar ishtirok etmaydi. Buning o‘rniga Apple komediya va dramalarga e’tibor qaratish niyatida. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, TJournal xabar berdi.

Apple’ning HBO yoki Netflix’da mashhurlikka erishgan “Taxtlar o‘yini” kabi shouga qiziqishi yo‘q. Kompaniya Apple qurilmasi, masalan Apple TV’si bor barcha foydalana oladigan loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rahbariyati bolalar shou tomosha qilayotganlarida yalang‘och insonlarni ko‘rib qolishlarini istamaydi.

Bloomberg

Ushbu qaror sabab Apple’ning prodyuserlari va hamkorlarini uni “konservativ” deya atadi. Avvalroq, Tim Kuk Carpool Karaoke shousining ishga tushirilishini uning ayrim qismlaridagi “me’yoriy bo‘lmagan va jinsiy gigiyenaga bog‘liq” so‘zlarni olib tashlash lozimligi sababli ortga surgandi.

Apple dasturlar narxini, shuningdek, ularni efirga uzatilishi yoki reklama qilinishi haqida xabarlarni hozircha ma’lum qilmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют