» » Nukusda sudyalarning tantanali qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Nukusda sudyalarning tantanali qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi, deb yozadi O‘zA.

Mazkur farmon talablari asosida sudyalikka nomzodlarni tanlash va lavozimga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 70-moddasi 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudyalar to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2017-yil 13-sentabrdagi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qaroriga asosan sudyalik lavozimiga besh yil muddatga tayinlangan sudyalar tantanali qasamyod qildi.

Sudyalar qasamyod qilar ekan, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifani sidqidildan, vijdonan bajarishga, odil sudlovni qonun doirasida amalga oshirishga, inson qadr-qimmatini barcha narsadan ustun qo‘yib, adolatli qarorlar qabul qilishga va’da berdi.

Tantanali qasamyod qilgan sudyalarga guvohnomalar topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют