» » General Motors O‘zbekistonda qolishini ta’kidlamoqda. Korporatsiya “O‘zavtosanoat” bilan yangi “GM—O‘zbekiston alyansi”ni tuzdi

General Motors O‘zbekistonda qolishini ta’kidlamoqda. Korporatsiya “O‘zavtosanoat” bilan yangi “GM—O‘zbekiston alyansi”ni tuzdi


“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda General Motors kompaniyasi yangi “GM—O‘zbekiston alyansi”ni tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. GM Uzbekistan axborotiga ko‘ra, bu O‘zbekistonning o‘sib borayotgan avtomobil sanoati talablariga javob beradigan yangi hamkorlik platformasi sanaladi.

“O‘zavtosanoat” va General Motors o‘zbek avtosanoatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan yangi Alyans doirasida hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshiradi. “GM—O‘zbekiston alyansi” mamlakat avtosanoatini mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

“GM—O‘zbekiston alyansi” doirasida “O‘zavtosanoat” hamda General Motors O‘zbekistonda avtomobillar va dvigatellarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorda Chevrolet va Ravon brendlari ostida avtomobil savdosi bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

2007-yildan buyon “O‘zavtosanoat” va General Motors kompaniyasining o‘zaro hamkorligi O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshishini ta’minladi. Hamkorlik doirasida mahalliy yetkazib beruvchilar tarmog‘ini kengaytirish, mahalliy xodimlarning salohiyatini oshirish, ichki va tashqi bozorlardagi mijozlarga yuqori sifatli avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.

“O‘zavtosanoat” va General Motors’ning fikrcha, munosabatlarning yangi shakliga o‘tish so‘nggi 10 yil davomida sohaning rivoji va uning salohiyatini oshganligini aks ettiradi. O‘zaro munosabatlarning qo‘shma korxona shaklidan “GM—O‘zbekiston alyansi” sifatida qayta tuzilishi O‘zbekiston milliy avtosanoatining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Tomonlar yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar ustida ishlashda davom etadi. “GM—O‘zbekiston alyansi” doirasida tomonlar MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini o‘rganishadi. Alyans, shuningdek, GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-xaularidan foydalanishni ta’minlaydi.

Alyans doirasida “O‘zavtosanoat” avtomobil va dvigatellarni ishlab chiqarish bo‘yicha operatsion faoliyat, shu jumladan, tashqi bozorda GM mahsulotlari uchun Ravon brendini dunyoga tanitish bo‘yicha nazoratni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. “O‘zavtosanoat” hamkorlikdagi faoliyat asosi bo‘ladigan Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish va ichki bozorda sotishni davom etadi, Ravon brendini tashqi bozorga yetkazib berish esa kengaytiriladi.

“Sohaning mustahkamlanayotganini inobatga olgan holda, hozir Alyansga o‘tishning ayni vaqti. GM kompaniyasi O‘zbekistonda qoladi va mamlakatdagi avtomobil sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi”, — deydi GM Operations Uzbekistan rahbari janob Hektor Vilyarreal.

Ikki tomon Alyansga o‘tish bandlik darajasiga yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasligini tasdiqladi. GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni hamda O‘zbekiston avtosanoatini konsultativ hamda texnik ko‘mak berishga yo‘naltirilgan yangi tashkil topayotgan GM Advisory Services kompaniyasi orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют