» » O‘zbekistonda bir yilda 57 ta shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi

O‘zbekistonda bir yilda 57 ta shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi


Milliy matbuot markazida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, avtotransport sohasida tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar hamda interaktiv xizmatlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda agentlik direktori o‘rinbosari Sh.Shovahobov va boshqalar O‘zbekistonda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, sohada iste’molchilarning huquqlarini samarali himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Xususan, 2017-yilda 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 81 yo‘nalish bo‘yicha yo‘l chizmasi, qatnov jadvali va boshqa ma’lumotlar ishlab chiqildi. 57 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochilib, qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

2017-yil 1-may kuni Andijon shahridagi 150 ta avtobusda yo‘l haqi to‘lovini elektron tarzda amalga oshirish tizimi ishga tushirildi. “Mikroelektronika” MChJ tomonidan Guliston shahridagi 10 ta avtobusga sinov tariqasida validator, ya’ni tekshiruvchi moslamalar o‘rnatildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют