» » Indoneziyadagi feyerverklar zavodida yuz bergan portlash oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyadagi feyerverklar zavodida yuz bergan portlash oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyada feyerverklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodda portlash yuz berdi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 47 kishi halok bo‘lgan, bir necha o‘nlab odam tan jarohati olgan.

Portlash poytaxt Jakartadan g‘arb tomonda joylashgan Tangeranga hududidagi feyerverklar zavodida yuz bergan. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, dastlabki kuchli portlash mahalliy vaqt bilan 10:00 da qayd etilgan, so‘ng bir necha mayda portlashlar yuz bergan.

Qayd etishlaricha, zavod ishga tushganiga endi ikki oy bo‘lgan edi. U yerda 100 ga yaqin odam mehnat qilayotgan bo‘lgan. Portlash oqibatida yaqin atrofdagi uylarga ham zarar yetgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют