» » Pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash tartibiga aniqlik kiritildi

Pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash tartibiga aniqlik kiritildi


Prezidentning 20-noyabrdagi PF–5212-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat bilan Prezidentning 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son farmonining 7-bandi hamda Prezidentning 2017-yil 1-apreldagi PQ–2863-son qarorining 8 va 9-bandlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlarni qo‘llash tartibiga aniqlik kiritilgan.

Avval tibbiyot muassasalari 2007-yilning 1-oktabridan aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 2018-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan, bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilgan edi .

Aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) xususiy tibbiyot muassasalari esa, jumladan, xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari 2022-yilning 1-yanvarigacha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan, bunda bo‘shagan mablag‘lar xususiy tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, materiallar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan edi.

Endi mazkur soliq imtiyozlarini qo‘llash maqsadida hisobot davriga ko‘ra faoliyatining asosiy turi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish (stomatologik va kosmetologik xizmatlardan tashqari) bo‘lgan tibbiyot muassasalari (tashkilotlari) kiritilishiga aniqlik qiritilgan.

Bunda imtiyoz faqat tibbiy xizmatlar qismi uchungina taqdim etiladi. Agar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish asosiy faoliyat turi bo‘lsa, u boshqa turdagi daromadlarga ham tegishli bo‘ladi.

Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n yil muddatga yagona soliq to‘lovidan ozod etiladi.

Imtiyoz faqat tibbiy xizmatlar borasida taqdim etilishi, stomatologik va kosmetologik xizmatlar uchun berilmasligiga aniqlik kiritilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют