» » Moskva Dumasi mehnat muhojirlari patentining narxini 7 foizga oshirdi

Moskva Dumasi mehnat muhojirlari patentining narxini 7 foizga oshirdi


Moskva Davlat Dumasi 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mehnat muhojirlari uchun patent qiymatini 7 foizga oshirib, 4,5 ming rublga yetkazish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Soliqqa tortish haqidagi qonunchilikka o‘zgartirish shahar hokimiyati tomonidan kiritiladi. Duma qarorini hokimiyat tasdiqlashi talab etiladi.

“Mehnat muhojirlarining ko‘pchiligi ishlaydigan sohalardagi o‘rtacha maosh 14 foizga oshdi. Muhojirlarning maoshi pastroq tempda o‘sishini inobatga olgan holda biz koeffitsiyentlarni 7 foizga qayta ko‘rib chiqishni va muhojirlar patenti qiymatini 4,5 ming rubl etib belgilashni taklif qilamiz”, — deb vaziyatga izoh berdi iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti rahbari Vladimir Yefimov.

Yefimovning so‘zlariga qaraganda, patent narxi 2 yildan beri o‘zgarishsiz turibdi.

Ayni paytda patent narxi 4,2 ming rublni tashkil etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют