» » Foto: Yevropadagi birinchi suvosti restorani

Foto: Yevropadagi birinchi suvosti restorani


Norvegiyaning Snohetta arxitektura firmasi Under nomli suvosti restoranining qurilishini ma’lum qildi. U bu tipda quriladigan Yevropadagi birinchi restoran bo‘ladi, deb yozmoqda TJournal.

Eng o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari hisobga olib quriladigan beton konstruksiya panoramali oynaga ega bo‘ladi. Restoranga tashrif buyuruvchilar oynadan suvni va dengiz jonzotlarini tomosha qilishi mumkin bo‘ladi. Muassasada mehmonlarni qabul qiluvchi uchta qavat rejalashtirilgan.

Restoranga kirish joyi qirg‘oqqa joylashtiriladi, mehmonlar beton quvur bo‘ylab pastga tushishiga to‘g‘ri keladi.

Restoranning ish vaqtidan tashqari vaqtlarda undan dengiz biologiyasini o‘rganuvchi olimlar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Qurilish ishlarini Norvegiya qirg‘oqlarining eng janubiy nuqtasida 2018-yilning fevral oyida boshlab, 2019-yilning boshiga tugatish rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 06:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют