» » Yapon filmida o‘zga sayyoraliklarni qirg‘izlar deb atashdi. Bu qirg‘izlarni kuldirdi (video)

Yapon filmida o‘zga sayyoraliklarni qirg‘izlar deb atashdi. Bu qirg‘izlarni kuldirdi (video)


Yaponiyada 10-noyabr kuni rejissor Dzunya Okabening “Dovyuraklar g‘alayoni” nomli fantastik jangari film kinoteatrlarda namoyish etila boshlaydi, deb yozadi Afisha Daily.

Film syujeti Yerda tirik qolgan so‘nggi odamlarning qirg‘iz robot yo‘lboshchiligidagi o‘zga sayyoraliklar bilan olib borilgan kurashi haqida hikoya qiladi. Filmda Qirg‘iziston haqida boshqa birorta ham so‘z yo‘q. Mamlakat aholisini bunday tarzda “tilga olinish” xafa qilmadi, aksincha, kuldirdi, deyiladi xabarda.

“Biz, qirg‘izlar, unday emasmiz. Ular (filmdagi o‘zga sayyoraliklar) esa o‘zlariga juda oro bergan va yaxshi kiyingan”, — deb yozdi qirg‘izistonlik foydalanuvchilardan biri. Ba’zilar hazilga olib, o‘zga sayyoraliklarni “o‘rtacha qirg‘iz mansabdoridan farqlab bo‘lmasligi”ni qayd etdi. Boshqalar esa “kelgindilarda asl qirg‘izlarning husni yo‘q‘ligidan shikoyat qildi. Ammo xafa bo‘lganlar ham bo‘ldi. “Yaponiya ustidan BMT xalqaro sudiga murojaat qilaverish mumkin. Ammo afsus, do‘st davlat bilan aloqalarni buzishni istamaymiz-da”, — deyishdi ular.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют