» » LG’dan katta oila uchun katta kir yuvish mashinasi

LG’dan katta oila uchun katta kir yuvish mashinasi


LG kir yuvish mashinasi sevimli kiyim-kechaklaringiz imkon qadar uzoq saqlanib qolishi uchun deyarli mukammal sharoitlar yaratadi.

Kir yuvish mashinasi bugungi kunda har bir uy bekasi uchun juda zarur bo‘lgan yordamchidir. Choyshablar, dasturxonlar va sochiqlar, bolalar kiyim-kechaklaridan iborat kirlar uyumini qo‘lda yuvish uchun nihoyatda katta sabr kerak bo‘ladi.

LG’ning o‘ta zamonaviy mashinalari kirlarni yuvish, siqish va tekislash bilan birga, bularni aql bilan amalga oshiradi hamda uy bekalarining vaqti va vositalarini tejaydi.

LG kompaniyasining LG FH6G1BCH6N bug‘li kir yuvish mashinasi standart o‘lchamlarda ancha katta yukka ega — 12 kilogramm. U yirik o‘lchamli kirlar — choyshablar, pardalar, kurtkalar yoki qalin kiyimlarni bemalol yuva oladi.

Asosiy barabandagi doira shaklidagi noyob SK-displey esa kir mashinani oson va qulay boshqarish imkonini beradi. Siz, shuningdek, “Mening namunam” funksiyasi yordamida o‘zingiz ko‘p qo‘llaydigan sikllarni aks ettirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, u TrueSteam bug‘ funksiyasi bilan ta’minlangan, demak, qaynoq bug‘ kir yuvish vositalarining qoldiqlari, hidlari va kirlardagi g‘ijimlarni to‘liq yo‘qotadi. Shu bilan birga, bug‘ molekulasi matoga chuqur kirib borib, 30 daqiqa ichida barcha mavjud allergenlarini 99,9 foizga samarali yo‘q qiladi.

TurboWash tezkor kir yuvish funksiyasi nafaqat oddiy kir yuvish siklini 59 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi, balki elektr energiya va suv iste’molini ham sezilarli darajada tejaydi. Suvning mayda zarrachalari ishqalash vaqtida bosim ostida matoga chuqur kirib borib, tezkor va samarali natijaga ega bo‘lishga hissa qo‘shadi.

To‘g‘ri mexanizmli innovatsion invertor motor solingan kir turidan kelib chiqib, baraban harakati tezligini boshqaradi, bu esa har qanday matoli kiyimlarning mukammal tozaligini ta’minlaydi. Baraban to‘g‘ridan-to‘g‘ri motorga mustahkamlanib, butun bir jarayon deyarli shovqinsiz va sifatli amalga oshiriladi. Motorning 10 yillik kafolati esa kir yuvish mashinasini uzoq yillarga ishonchli yordamchiga aylantiradi.

Siz 12 kilogramm yukka mo‘ljallangan LG kir yuvish mashinasini “Malika” yoki “Abu Saxiy” savdo rastalarida joylashgan do‘konlardan, shuningdek Next savdo markazidagi firma do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.

Narxlar haqida quyidagi telefon raqamlari orqali ma’lumot olishingiz mumkin: +998 (95) 143-00-03.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют