» » Angliya Liga Kubogi. “Tottenhem”ni qoldirib ketgan London klubi endi “Arsenal”ni imtihon qiladi

Angliya Liga Kubogi. “Tottenhem”ni qoldirib ketgan London klubi endi “Arsenal”ni imtihon qiladi


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining chorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” va Maurisio Pochettino murabbiyligidagi “Tottenhem” turnirdan chiqib ketgandi.

Qur’aga ko‘ra, Liga Kubogining amaldagi g‘olibi hisoblangan “Arsenal” London derbisida “Vest Hem” bilan hisob-kitob qiladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, Slaven Bilich boshqarayotgan “Vest Hem” avvalgi bosqichda “Tottenhem” ustidan irodali g‘alabaga erishishga muvaffaq bo‘lgandi.

“Manchester Siti” esa “Liverpul”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Lester”ni sinovdan o‘tkazadi. Lesterdagi o‘yinga qadar “tulkilar” Klopp jamoasini 2:0 hisobida taslim qilgan, keyinroq “Lids”ni 3:1 hisobida yenggandi.

Bir yil avval yarim finalda “Arsenal” Gvardiolaning “Siti”sini 2:1 hisobida, “Chelsi” esa “Tottenhem”ni 4:2 hisobida taslim qilgandi. Hal qiluvchi final o‘yinida “Arsenal” APL chempioni “Chelsi”dan ustun kelgan (2:1) va bosh sovringa ega chiqqan.

Angliya Liga Kubogi
Chorak final o‘yinlari
18-dekabr, dushanba

“Chelsi” — “Bornmut”
“Arsenal” — “Vest Hem”
“Lester” — “Manchester Siti”
“Bristol” — “Manchester Yunayted”

Chorak final o‘yinlari 1 tagina uchrashuvdan iborat bo‘ladi va o‘yinlar birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan jamoalar maydonida o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют