» » Rossiyaning “trollar fabrikasi” Trampga qarshi aksiyalar uyushtirishga o‘tgan

Rossiyaning “trollar fabrikasi” Trampga qarshi aksiyalar uyushtirishga o‘tgan


Rossiyada AQShdagi prezident saylovlari chog‘ida Donald Tramp va Hillari Klintonning axborot kampaniyasini olib borgan “trollar fabrikasi” Trampning g‘alabasidan keyin sanoqli kunlar o‘tgach, unga qarshi mitinglar tashkillashtirishga o‘tgan, deb yozadi “Korrespondent.net” BuzzFeed News’ga tayanib. U o‘z navatida Rossiyaning “trollar fabrikasi” mutaxassislari ochgan BlackMattersUS Facebook-guruhiga asoslanmoqda.

Nashr qayd etishicha, ushbu guruh yaqinda Sankt-Peterburgda yaratilgan 180 ta ijtimoiy tarmoq akkauntlaridan biri sifatida aniqlangan. “Trollar fabrikasi”ning faoliyati oddiy trolling chegarasidan ancha uzoq ketgan — u shuningdek, AQShda norozilik kayfiyatini singdirish va allaqachon mavjud bo‘lgan ziddiyatlarni kuchaytirishga ham qaratilgan.

Nashr eslatishicha, Peterburgning “trollar fabrikasi” AQSh prezidenti saylovlaridagi ishlar uchun o‘z shtatining uchdan bir qismini ajratgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют