» » General Motors zavodida o‘rta motorli “Korvet” qismlarini suratga olishdi

General Motors zavodida o‘rta motorli “Korvet” qismlarini suratga olishdi


Internetda Chevrolet Corvette superkarining o‘rta motorli modifikatsiyasiga tegishli old va orqa bamperlar aks etgan suratlar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Motor”.

Tasvirlar Buoling Grin shahridagi General Motors korxonasining bo‘yash liniyasida olingan.

Taqdim etilgan fotosuratlarga ko‘ra, “Korvet” butunlay yangicha old va orqa bamperlarga ega bo‘ladi. Modelning old qismida ventilyatsiya tirqishlari ko‘proq bo‘ladi, orqa tomonda esa chiroqlar ostida qo‘shimcha o‘yiqlar paydo bo‘ladi, orqa optikaning shakli ham o‘zgaradi.

Superkarning joriy versiyasi 2018-yil 22-yanvargacha chiqariladi, 29-yanvardan yangi “Korvet”ni yig‘ish boshlanadi, u o‘rta motorli bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘rta motorli yoki markaziy motorli avtomobilda dvigatel orqada, ammo avtomobilning ikkinchi o‘qidan oldinda joylashadi: motor o‘rindiqlarning ikkinchi qatori pastida bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют