» » Fotogalereya: 2000-yillarning mashhur aktyorlari

Fotogalereya: 2000-yillarning mashhur aktyorlari


AdMe deyarli 20 yil oldin tomoshabinlar mehrini qozongan aktyorlarning bugungi kundagi suratlarini to‘plab taqdim etdi.

“Perl-Xarbor” filmida kapitan Reyf Makkouli roli bilan tanilgan Ben Afflekni yaqin kunlarda “Adolat ligasi” filmida yana bir bor ko‘rish mumkin.

Josh Xartnett — gonorar miqdoriga qarab rol tanlamaydigan aktyorlardan. Shu sababli ham “Perl-Xarbor” va “Slevinning omadli soni” filmlari unga mashhurlik olib kelgan.

“Qamoqdan qochish”(Prison Break) serialida bosh rolni aynan Miller ijro etmaganida serial bu qadar mashhurlikka erishmagan bo‘lar edi. Joriy yilda ushbu serialning 5-mavsumi ham ekran yuzini ko‘rdi.

“Hayot-mamot” filmi orqali mashhurlikka erishgan Mettyu yana bir nechta filmlarda rol ijro etgan. Hozirda u suratga tushish o‘rniga sayohat qilishni ma’qul ko‘radi.

Charmed serialidagi Fibi hozirda ham suratga tushishni davom etmoqda, biroq mashhurroq loyihalarda ko‘zga tashlanmadi.

“Komissar Reks” seriali orqali ko‘pchilikka tanish bo‘lgan aktyor serialda Tobias Morettining o‘rniga kelgan edi. Gedeon vatani — Germaniyada juda mashhur va ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan. Shuningdek u Tarantinoning Inglourious Basterds filmida ham rol ijro etgan.

Adam Brodi The O.C. serialidagi Set Koen roli orqali tanilgan.

Dawson’s Creek serialining yulduzi bir nechta filmlarda epizod rollarni ijro etgan, biroq e’tiborga molik rollari ko‘zga tashlanmadi.

Jared Supernatural seriali orqali mashhurlikka erishguniga qadar ham bir nechta loyihalarda ishtirok etgan: “Mum haykallar uyi”, “13-juma”, “Nyu-York lahzasi” kabi filmlar.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют