» » Makkeyn Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni “to‘g‘ri qadam” deb baholadi

Makkeyn Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni “to‘g‘ri qadam” deb baholadi


AQSh senatori Jon Makkeyn Rossiyadagi bir qator korxona va tashkilotlarga nisbatan yangi sanksiyalar qo‘llanishini Tramp ma’muriyati tomonidan qo‘yilgan to‘g‘ri qadam deb baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Yangi sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi ma’muriyat qarori to‘g‘ri yo‘nalishda tanlangan qadam. Rossiyaning saylovlarimizga aralashuvi javobsiz qolmasligi kerak. Ro‘yxat keng ko‘lamli bo‘lishi uchun yanada sinchiklab ko‘rib chiqilishini betoqatlik bilan kutyapmiz”, — deyiladi Makkeyn va uning hamkasbi Ben Kardinning bayonotida.

The New York Times nashri oldinroq Tramp ma’muriyati Kongressga yangi sanksiyalar qo‘llanishi ehtimoli ko‘rib chiqilayotgan korxona va tashkilotlar ro‘yxatini taqdim etganini bildirgandi.

Ro‘yxatga Rossiya mudofaa-sanoat kompleksining 30 dan ortiq korxonasi, shuningdek, FXX, Tashqi razvedka xizmati va Bosh razvedka boshqarmasi kiritilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют