» » Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” A seriya to‘purari Chiro Immobilega 70 million taklif qildi

Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” A seriya to‘purari Chiro Immobilega 70 million taklif qildi


Rimning “Latsio” klubi rozi bo‘lsa, Italiya termasi hujumchisi Chiro Immobile faoliyatini Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” Football Italia nashriga asoslanib xabar berdi.

Shanxayliklar Immobile uchun 70 million yevro to‘lab berishga tayyor. Ayni damda hujumchining “Latsio” bilan shartnomasi 2022-yilgacha amalda ekanini qayd etish kerak. Mazkur shartnomaga ko‘ra, Chiro Rim klubidan yiliga 3 million yevro oladi. “Shanxay SIPG” esa uning yillik maoshini 6,5 millionga ko‘tarishga rozi.

27 yoshli hujumchi Italiya A seriyasining ortda qolgan o‘yinlaridan keyin to‘purar bo‘lib turibdi. U mavsum boshidan buyon “Latsio”ning barcha turnirlardagi 14 ta o‘yinida maydonga tushib, 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Shanxay SIPG” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovdan tashqari braziliyalik Elkesen, Oskar va Xalk to‘p suradi. Shuningdek, portugaliyalik himoyachi Rikardu Karvalyu ham Villash-Boash qo‘l ostida o‘ynaydi. Xitoy esa maydonda 3 ta legioner to‘p surishiga ruxsat etadi. Osiyo Chempionlar Ligasida legionerlar limiti 3+1 ko‘rinishida.

Avvalroq “Shanxay SIPG” Xitoy chempionligini Skolarining “Guanjou Evergrand” klubiga boy bergan bo‘lsa, Osiyo Chempionlar Ligasining yarim finalida Yaponiyaning “Urava Red” klubidan yengilib, yurishiga yakun yasagandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют