» » Google haydovchisiz avtomobillarini qish sharoitida sinab ko‘rish dasturini kengaytiradi

Google haydovchisiz avtomobillarini qish sharoitida sinab ko‘rish dasturini kengaytiradi


Alphabet’ga tegishli (sobiq Google) Waymo kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarni qish sharoitida sinovdan o‘tkazish dasturini kengaytiradi. Avtonom tizim ishini tekshirish uchun Michigan shtati poligon vazigasini bajaradi. Bu haqda kompaniya rahbari Jon Krafchik ma’lum qildi, deb xabar berdi “Motor”.

Krafchikning so‘zlariga ko‘ra, joriy yildagi birinchi qor yaqinlashib kelmoqda va Waymo ixtirochilarida namlik va past haroratda tizimni sinab ko‘rishning ajoyib imkoniyati tug‘uladi. Haydovchisiz avtomobil qorda ham, muzda ham birday tekis harakatlanishi kerak.

Kompaniya Chrysler Pacifica minivenining gibrid versiyasi bazasida yaratilgan haydovchisiz avtomobilni 2016-yilning dekabrida taqdim etgandi. Bu turdagi haydovchisiz avtomobillarning tiraji 100 nusxaga teng. Ular butun 2017-yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Hozirda mashina oltita shtatda sinovdan o‘tkazilmoqda: Arizona, Texas, Nevada, Vashington, Kaliforniya va Michigan. 2009-yilda dastur boshlanganidan buyon Waymo’ning haydovchisiz avtomobillari 4,8 million kilometrdan ortiqroq masofani bosib o‘tdi. Mashina ichida doim haydovchi bo‘lgan, u avtonom tizimning xatoliklari yuzaga kelganida boshqaruvni o‘z qoliga olgan. 2016-yil oxirida bu kabi xatolar soni to‘rt barobarga qisqargan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют