» » Rim papasi Fransisk Xalqaro kosmik stansiya kosmonavtlari bilan videoko‘prik orqali suhbatlashdi

Rim papasi Fransisk Xalqaro kosmik stansiya kosmonavtlari bilan videoko‘prik orqali suhbatlashdi


Rim papasi Fransisk Vatikandan turib Xalqaro kosmik stansiyaning ekipaji bilan uyushtirgan videoko‘prik vaqtida rossiyalik kosmonavt Aleksandr Misurkinni maqtadi. Bu haqda ANSA’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Papa kosmonavtlarga bir nechta savol berdi, jumladan, “Koinotni harakatga keltirayotgan sevgi sizlar uchun nimani anglatadi?” va “bo‘sh vaqtlaringda nima ko‘proq xursandchilik baxsh etadi?”. Misurkin bo‘sh vaqtida audiokitoblar tinglashini, ular orasida Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”si borligini so‘zladi.

Fransisk bu kabi javob o‘ziga yoqishini ma’lum qildi. “Sent-Ekzyuperi sizlarning, ruslarning qonida gumanitar va diniy an’analar borligini shoirona tushuntirib berganini anglaganingiz ko‘rinib turibdi”, — dedi u.

Papa ekipajga murojaat qilar ekan kosmonavtlarni “butun insoniyat oilasini Xalqaro kosmik stansiyadagi buyuk loyihada namoyon etayotgani”ni ta’kidladi. Fransisk kosmonavtlar bilan 25 daqiqaga yaqin muloqot qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют