» » Durov Telegramga solingan jarima alohida ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi

Durov Telegramga solingan jarima alohida ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi


Telegram asoschisi Pavel Durov Meshansk sudining shifrlar kalitini FXXga taqdim etmagani uchun belgilagan jarimasi — bu messenjerning dunyo bo‘ylab to‘rt yillik faoliyatida birinchi holat ekanligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Bu orqali u prezidentning internet bo‘yicha maslahatchisi German Klimenkoning “Telegram Rossiya davlat organlari talablarini e’tiborga olmaydi, biroq boshqa mamlakat hukumati bilan hamkorlik qiladi, masalan Indoneziya”, degan so‘zlariga izoh berdi.

“Bunday emas: Telegramning hukumat bilan hamkorlik darajasi yurisdiksiyaga bog‘liq emas va hamma joyda bir xil tamoyillar asosida quriladi”, — deb yozadi Durov “VKontakte” dagi sahifasiga.

Uning ta’kidlashicha, Indoneziya hukumatining davlat strukturasi rossiyalik hamkasblaridan farqli o‘laroq, Telegram’dan shaxsiy yozishmalarni talab qilmagan. Uning kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab terrorchilik, bolalar pornografiyasi va shunga o‘xshash narsalarni o‘chirish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqadi. Biroq birorta mamlakatda uning davlat idoralarida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etmaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют