» » Tailand qiroli Pumipon Adulyadet jasadi krematsiyadan so‘ng diniy urnaga joylandi

Tailand qiroli Pumipon Adulyadet jasadi krematsiyadan so‘ng diniy urnaga joylandi


Tailand qiroli Pumipon Adulyadetning kuni kecha amalga oshirilgan krematsiyadan so‘ng qolgan xokini 27-oktabr, juma tongida uning yolg‘iz o‘g‘li qirol Maxa Vachiralongkorn (Rama X) yig‘ib oldi. Marosim mahalliy telekanallar orqali namoyish etildi, deb yozadi “TASS”.

Marhum monarxning xoki va suyaklari oltita kichikroq diniy urnaga joylandi. Keyinroq shu kunning o‘zida murda katta qirollik saroyining taxt o‘rnatilgan zaliga, xoki esa Vat Pxrakeu ibodatxonasiga yetkaziladi.

29-oktabr kuni marhum monarx xoki katta qirollik saroyi taxt o‘rnatilgan zallaridan biriga mangu saqlash uchun o‘tkaziladi, xoki esa ikkiga bo‘linib, ikki qadimiy budda ibodatxonasi: Vat Ratchabofit va Vat Bovonnivetga yuboriladi. Tailandni 70 yil davomida boshqargan Rama IX bilan besh kunlik vidolashuv marosimi ushbu diniy taomil bilan yakuniga yetadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют