» » Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Turkiya iste’molchilar tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Turkiya iste’molchilar tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi


O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi joriy yilning 17—23-oktabr kunlari Turkiya Iste’molchilar huquqlari assotsiatsiyasi taklifiga binoan ushbu mamlakatga safar qildi. Bu haqda federatsiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Turkiya Iste’molchilar huquqlari assotsiatsiyasi qarorgohida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasining ushbu tashkilot rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Federatsiya raisi va delegatsiya rahbari Jahongir Sarimsoqov tashkilotning iste’molchilar huquqlarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi. Har ikkala taqdimot ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muhokamalar o‘z-o‘zidan o‘zaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan muzokaraga ulanib ketdi.

Muzokara chog‘ida Jahongir Sarimsoqov O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, 2014-yilda qabul qilingan “Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida”gi qonun davlat idoralari bilan nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni tartibga soluvchi huquqiy baza bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Muzokara so‘nggida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda o‘zaro axborot almashuv, qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, tajriba almashish maqsadida ekspertlar va delegatsiyalar almashish, qo‘shma ish guruhi, muvofiqlashtirish va maslahat kengashlari tuzish, simpozium va seminarlar o‘tkazish kabi hamkorlik masalalari ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют