» » Nyu-Yorkdan Londonga raketada 30 daqiqa ichida yetib borish mumkin bo‘ladi (video)

Nyu-Yorkdan Londonga raketada 30 daqiqa ichida yetib borish mumkin bo‘ladi (video)


Hozirda Nyu-Yorkdan Londongacha tijoriy yo‘lovchi aviakompaniyasida parvoz qilish deyarli yetti soatni tashkil etadi. SpaceX bosh direktori Ilon Mask ushbu masofa 30 daqiqada ichida bosib o‘tilishini xohlamoqda. Bu haqda Time out nashriga tayanib, Forum Daily xabar berdi.

O‘tgan oy Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtlar kongressida (IAC2017) u Marsga insonni olib borishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, Yerning ixtiyoriy nuqtasiga yo‘lovchilarni katta tezlikda yetkazib boradigan BFR transport tizimi loyihasini taqdim etdi.

“Agarda biz ushbu qurilmani Oy yoki Marsga parvoz qilish maqsasdida quradigan bo‘lsak, nega endi undan odamlarni Yer bo‘ylab tashishda foydalanmasligimiz kerak”, — deydi Ilon Mask.

SpaceX videoroligida yo‘lovchilar katta paromda Nyu-Yorkdagi prichaldan suzuvchi platformaga qadar yo‘l oladi. U yerdan yo‘lovchilar Mask 2024-yilda Marsga odamlarni uchirishda foydalanishni mo‘ljallangan raketaga o‘tirishadi.

Shundan so‘ng, ular Yer atmosferasini tark etib, Yerning boshqa tomonidagi shahar — Shanxayga yo‘l oladi. 39 daqiqalik parvoz davomida 7000 milga yaqin masofa bosib o‘tiladi.

Shuningdek, videoda boshqa marshrutlarni ham ko‘rish mumkin: Gonkongdan Singapurga 22 daqiqa, Londondan Dubay yoki Nyu-Yorkka 29 daqiqa, Los-Anjelesdan Torontoga 24 daqiqalik masofa.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, kemaning tezligi soatiga 18 ming milni tashkil etishi mumkin. Kosmik kemaning uzunligi 48 metrga teng bo‘ladi va unga 120 kishi — 40 ta kabinaga 3 tadan odam sig‘adi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют