» » Barcha muvaffaqiyatli kishilar amal qiladigan qoidalar

Barcha muvaffaqiyatli kishilar amal qiladigan qoidalar


Ba’zan chetdan qaraganda, muvaffaqiyatli odamlarning hech qanday tashvishi yo‘qdek ko‘rinadi. Lekin aslida bu unchalik to‘g‘ri emas.

Muvaffaqiyatli odamlarda hamma ishlar har doim rejadagidek ketadi, deb o‘ylash mumkin. Ular keraklisini qachon xohlasalar, shunda oladilar. Ularga faqat kerakli va to‘g‘ri odamlar yo‘liqadi. Ular allaqachon hayotdagi maqsadlarini va o‘zlari uchun nima muhimligini aniqlab olishgan.

Lekin muvaffaqiyat haqidagi bunday tasavvurlar orqasida katta mehnat yashiringan bo‘ladi. Muvaffaqiyatli kishilar faqat zarur hollardagina o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni ochiq aytadilar. Ular o‘zlarining hamma harakatlarini oldindan hisobga olib qo‘yadilar. Chunki ular qolgan 99% vaqtlarini ishga bag‘ishlaydilar.

Kim tirishqoqlik bilan kuchini ayamasdan mehnat qilsa, o‘sha albatta muvaffaqiyatga erishadi.

Agar siz o‘z maqsadlaringizga erishishni xohlasangiz, atrofingizga muvaffaqiyatli kishilarni to‘plang. O‘z ishlarida muvaffaqiyatga erishgan odamlar bilan gaplashish imkoniyatini hech qachon qo‘ldan chiqarmang. Ulardan o‘rganing. Ularning tajribalariga taqlid qilib o‘rganing. Ishda kerak bo‘ladigan narsalarni o‘zingizga qayd qilib qo‘ying.

Shunda siz hamma muvaffaqiyatli odamlar oddiy, lekin samarali qoidalarga aniqlik bilan amal qilishlariga ishonch hosil qilasiz.

Avval qilishingiz kerak bo‘lganlarni bajaring. Va faqat keyingina — o‘zingiz xohlaganingizni qiling.

Dam olishdan oldin, sizni oldinga nima undasa, o‘shani bajaring. Muvaffaqiyatga erishish va o‘zingizga xohlagan ish bilan shug‘ullanishga yo‘l berish uchun avval ishlash kerak.

Sizga har doim ham oson bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatga erishish yo‘lida qiyinchiliklarga duch kelasiz, shuning uchun faqat eng tirishqoqlargina maqsadlariga yetadilar. Bo‘sh kelmang, yalqovlik qilmang va hech qachon orqaga chekinmang.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 18:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют