» » Navoiy viloyati paxta rejasini bajardi. Bungacha faqat Xorazm va Qoraqalpog‘iston vazifani uddalagan edi

Navoiy viloyati paxta rejasini bajardi. Bungacha faqat Xorazm va Qoraqalpog‘iston vazifani uddalagan edi


Navoiy viloyati paxtakorlari 2017-yil hosilidan paxta xomashyosini tayyorlash bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarini bajardi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Reja bo‘yicha, Navoiy viloyati umumiy xirmonga 97 ming tonna paxta topshirishi lozim edi. 27-oktabr holatiga ko‘ra, viloyat paxtakorlari 97 330 tonnalik xirmon ko‘targan.

Bungacha 13-oktabr kuni Xorazm viloyati, 20-oktabr kuni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi dehqonlari paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajargan edi.

Navbatda Buxoro, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari turibdi — bu viloyatlarning har biri hozirgacha rejani 95 foizdan ortig‘ini bajarib ulgurgan.

Hozirga qadar O‘zbekiston bo‘yicha umumiy hisobda 2,8 million tonna paxta terib olingan. Reja bo‘yicha terim mavsumi oxirigacha qariyb 3,2 million tonnalik xirmon ko‘tarilishi kerak.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют