» » Shavkat Mirziyoyev Putinning topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekistonga kelgan Dmitriy Rogozinni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Putinning topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekistonga kelgan Dmitriy Rogozinni qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga binoan O‘zbekistonga kelgan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozinni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, oliy va yuksak darajadagi muntazam va samarali muloqotlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanishiga, shuningdek, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining 10-oktabr kuni Sochi shahrida MDH sammiti doirasida o‘tgan uchrashuvlari ikki mamlakat o‘rtasida uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasida istiqbolli qo‘shma dastur va innovatsiya loyihalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Dmitriy Rogozin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vaziri Dmitriy Medvedevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют