» » Sog‘lom bo‘lish uchun jismoniy faollikka qancha vaqt sarflash kerak?

Sog‘lom bo‘lish uchun jismoniy faollikka qancha vaqt sarflash kerak?


Jismoniy faollik hayot uchun juda zarur bo‘lsa ham, odam o‘zini sport zallarida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlarda holdan toydirish shart emas.

Olimlar har qanday yoshda ham o‘zini yaxshi his qilish uchun sport bilan qancha vaqt shug‘ullanish kerakligini aytib berishdi.

Stuldan tez-tez turish va harakat qilish yordamida yurak bilan bog‘liq muammolarning va diabet paydo bo‘lishining oldini olish mumkin.

Jismoniy faollik qon bosimini va vaznni me’yorda tutib turishga, uyquni yaxshilashga, vahima va depressiyani yengishga yordam beradi.

Faol hayot tarziga amal qiluvchi keksa kishilarda yiqilib tushish va sinishlar xavfi kamayadi.

Xo‘sh, aynan qancha vaqt harakat qilish kerak?

Jismoniy va ruhiy salomatlikning kaliti — bir haftada bir necha marta bajariladigan aerobik va kuch ishlatiladigan mashqlarning birligi hisoblanadi.

Sheffild Xollem Universitetidagi jismoniy tarbiya va salomatlik kafedrasi dotsenti Devid Brumning aytishiga ko‘ra, jismoniy mashqlar sizning joningizga tegmasligi uchun, yaxshisi ularning har xil turlaridan navbati bilan foydalanish kerak. Bundan tashqari, o‘tirish holatidagi vaqtni kamaytirish juda muhim hisoblanadi. U kun davomida har 20 daqiqada turishni va harakatlanishni tavsiya qiladi.

18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilar kasal bo‘lish va bevaqt o‘lim xavfini kamaytirish uchun birinchi navbatda aerobik va kuch ishlatiladigan mashqlarga e’tibor qaratishlari kerak.

Mashqlarning tavsiya qilinadigan eng minimal davomiyligi — bir haftada 150 daqiqa o‘rtacha og‘irlikdagi aerobik mashqlar (tez yurish, suv aerobikasi, tennis) yoki 75 daqiqa jadallik bilan qilinadigan mashqlar (yugurish, xokkey, velosiped).

Manba: “Zdorovie.com”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют