» » Tula viloyatida O‘zbekiston fuqarosi ikki kishini urib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘ldi

Tula viloyatida O‘zbekiston fuqarosi ikki kishini urib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘ldi


26-oktabr kuni Rossiyaning Tula viloyati Kimovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi ishtirokidagi YTH yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

25-oktabr kuni ro‘y bergan fojia oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, 25-oktabr kuni 31 yoshli haydovchi mast ahvolda Mitsubishi Carisma avtomobilini boshqarib ketayotgan edi. Yo‘lning ma’lum uchastkasida u xavfli tezlikka chiqib, Man-TGS avtomobili tirkamasiga urilgan. U tirkama platformasiga g‘altak mashinani mustahkamlayotgan fuqarolar — 58 yoshli haydovchi va 44 yoshli boshqa bir erkakni bosib ketgan.

YTH oqibatida ikki jabrlanuvchi ham voqea joyida vafot etdi.

Mitsubishi haydovchisi ushlandi. Viloyat prokuraturasi ishni o‘z nazorati ostiga oldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют