» » Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirmadi

Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirmadi


Nyu-Yorkda 31-oktabr kuni yuz bergan terakt ijrochisi Sayfullo Soipov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki sud eshituvi vaqtida garov evaziga ozod bo‘lishga harakat qilmadi. Associated Press agentligi axborotiga ko‘ra, Soipov qilgan ishidan pushaymonlik belgilarini ko‘rsatmagan.

Qo‘lga olinishi vaqtida yaralangan Sayfullo Soipov sudga nogironlik aravachasida kelgan. Gumonlanuvchi o‘zining aybdorligi yoki aybsizligi haqida bayonot bermagan, shuningdek, sud jarayoni boshlanguniga qadar garov evaziga ozod qilishlarini so‘rab iltimos ham qilmagan.

Soipovning manfaatlarini advokat Devid Petten himoya qilmoqda. “Soipov bilan muloqotimiz qanday kechishi ko‘proq u haqda emas, balki bizning jamiyat sifatidagi ahvolimiz haqida guvohlik beradi”, — deya advokatning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “TASS”.

Shtat Janubiy okrugi prokuraturasining ma’lum qilishicha, Sayfullo Soipov IShID terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlash va sakkiz kishini o‘ldirishda ayblanmoqda. Agar unga qo‘yilgan ayb isbotlansa, Sayfullo Soipov o‘limga yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Prokuraturaning ayblov xulosasiga ko‘ra, Soipov teraktga ikki oy davomida tayyorgarlik ko‘rgan va bo‘lajak aksiyani 22-oktabr kuni ijaraga olingan pikap yordamida repetitsiya qilgan.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют