» » Yuriy Fedotov: O‘zbekiston narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim o‘rin tutadi

Yuriy Fedotov: O‘zbekiston narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim o‘rin tutadi


O‘zbekistonda narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, giyohvandlik illati yoyilishining oldini olish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadli kompleks tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turgan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov O‘zbekiston narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Avvalo, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Bu juda muhim uchrashuv bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini chuqur tahlil qilib berdi. Bundan biz mamnunmiz.

O‘zbekiston mintaqa va xalqaro tuzilmalar doirasida giyohvandlikka qarshi kurashishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida imzolangan giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha anglashuv memorandumi misolida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bugungi uchrashuv yakunlaridan kelib chiqqan holda hamkorligimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar tayyorlash, ya’ni “yo‘l xaritasi”ni belgilab olish, muhokama qilingan taklif va g‘oyalarni izchil amalga oshirishga kelishib oldik.

O‘zbekiston bilan hamkorligimiz yanada samarali bo‘lishiga ishonaman.

Yuriy Fedotov, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori

Опубликовано: admin (2-11-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют